O'zbekiston

'Yoshlar daftari''ga kirish uchun 8 oyda 360 mingdan ortiq ariza tushgan

Bu daftarga kirgan yoshlarga qanday imtiyozlar bor?

'Yoshlar daftari''ga kirish uchun 8 oyda  360 mingdan ortiq ariza tushgan

 

Joriy yil boshidan “Yoshlar daftari”ga kirish uchun 360 436 ta onlayn murojaat kelib tushgan. 

 

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari, chin yetim va nogironligi bo‘lgan yoshlarga manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim yaratildi.

 

Har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar bo‘yicha – “Temir daftar”, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar va yoshlar bo‘yicha tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” hayotga tatbiq etildi.

 

Joriy yil boshidan “Yoshlar daftari”ga kirish uchun 360 436 ta onlayn murojaat kelib tushgan. Shundan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning 340 440 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilib, 243 591 nafariga amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

Xususan, ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 187 nafar yoshlarga 36,2 mlrd so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari ajratilib, o‘z hududlarida doimiy ish bilan ta’minlandi.

 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 40 mingdan ortiq yoshlarga 107,4 mlrd so‘m miqdorda to‘lov-shartnoma xarajatlari qoplab berilib, ta’limni davom ettirish imkoniyati yaratildi.

 

Davolanishga ehtiyoji mavjud 26 519 nafar yoshlarga xorij va yurtimizdagi shifoxonalarda davolanishlari va zaruriy dori-darmonlari xaridi uchun 26,2 mlrd so‘m sarflandi.

 

Kam ta’minlangan, nogiron va og‘ir xayotiy vaziyatdagi 18 838 nafar yoshlarga 22,8 mlrd so‘m miqdorda zaruriy moliyaviy ko‘mak ko‘rsatildi va qariyib 19 ming nafar yoshlarning ijtimoiy ahvoli yaxshilanishiga erishildi.

 

Zamonaviy kasblarni egallashga hamda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziquvchi 3 024 nafar yoshlarga 12,3 mlrd so‘m ajratildi. Ular “Veb-dasturlash”, “Dizayn”, “Modeling”, “Veb ilovalar yaratuvchisi” kabi kasblarga o‘qitildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

'Yoshlar daftari''ga kirish uchun 8 oyda 360 mingdan ortiq ariza tushgan | Zamon.uz