Salomatlik

Dunyoda COVID-19‘ning dominant versiyasi yo‘q

Shu kunlarda baʼzi mintaqalarda koronavirusning “Pirola” deb nomlangan yangi BА.2.86 shtammi ham tarqalmoqda.

Dunyoda COVID-19‘ning dominant versiyasi yo‘q

 

Shu yil avgust oyida Hindiston va Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi — EG.5 subvarianti tarqalayotgani haqida xabar berilgandi. Ko‘p o‘tmay Eris deb nomlangan mazkur versiya AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi jami 51 davlatda ro‘yxatga olingani maʼlum qilindi.

 

Shundan so‘ng JSST rahbari Tedros Gebreyesus yangi mutatsiya hozircha Yer yuzi aholisi salomatligi uchun global darajada xavf tug‘dirmayotgan bo‘lsa-da, uning dunyo bo‘ylab keng tarqalishi kasallanishlar soni keskin o‘sishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Kuni kecha tashkilotining COVID-19 bo‘yicha texnik rahbari Mariya Van Kerxove ushbu yangi variantlar bilan bog‘liq dunyodagi epidemiologik vaziyat haqida axborot berdi.

 

Uning taʼkidlashicha, Eris o‘tgan vaqt ichida jiddiy holatlarni keltirib chiqargani yo‘q. Qolaversa, u avval prognoz qilingani kabi SARS-CoV-2 ning dominant versiyasiga ham aylanmadi.

 

Shunga qaramay, mavjud mutatsiyalar bemorlarda maʼlum darajada og‘ir o‘tayotgan holatlar yo‘q emas. So‘nggi oylarda ayrim mamlakatlarda kasallanish va shifoxonaga yotqizish ko‘rsatkichlari ortib borayotgani ham fakt.

 

Van Kerxove bu o‘rinda bir muncha xavotirli deb hisoblangan “omikronning uchta — ХBB.1.5, ХBB.1.16 va EG.5 deb ataluvchi subvariantlari haqida to‘xtaldi.

 

Maʼlum qilinishicha, hozir EG.5 versiyasi dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. Bu esa ХBB.1.5 va ХBB.1.16 mutatsiyalarini yuqtirish holatlari pasayishiga xizmat qiladi. Biroq bugungi kunda Yer yuzida dominant variant yo‘q.

 

Mutaxassis xulosasiga ko‘ra, COVID-19‘ga qarshi kurash bo‘yicha sinovdan o‘tgan tajriba hamon o‘zini oqlamoqda. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish, bino va inshootlarda havo aylanish tizimini yaxshilash va eng muhimi, o‘z vaqtida emlanish og‘ir holatlarning oldini olishga xizmat qilyapti.

 

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda baʼzi mintaqalarda COVID-19‘ningPirola” deb nomlangan yangi BА.2.86 shtammi ham tarqalmoqda. U hozirgacha Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya, Tailand va AQSH kabi qator mamlakatlarda ro‘yxatga olingan.

 

Shu kungacha yangi mutatsiya bilan bog‘liq og‘ir holatlar kelib chiqmagan bo‘lsa-da, JSST uni o‘z kuzatuvi ostiga oldi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"