O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Germaniyadagi iqtisodiy forumda qatnashmoqda

Prezident navbatdagi uchrashuvni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev Germaniyadagi iqtisodiy forumda qatnashmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan iqtisodiy forumda ishtirok etmoqda.

 

Davlat rahbari “Markaziy Osiyo – Germaniya” iqtisodiy forumiga muntazam tus berib, navbatdagi uchrashuvni O‘zbekistonda, barcha mamlakatlarning ishbilarmon doiralari ishtirokida o‘tkazishni taklif qildi.

 

O‘zbekiston Prezidenti global miqyosdagi ishonch inqirozining jahon bozorlariga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan, muqobil savdo-logistika yo‘nalishlarini izlashga majbur qilayotgan oqibatlarini bugun mamlakatlar ham sezayotganini taʼkidladi.

 

Shu munosabat bilan ishtirokchilarning eʼtibori Markaziy Osiyodagi jarayonlarga qaratildi.

 

“Endilikda bu umuman boshqacha, kuchli va jips mintaqa. Mamlakatlarimiz birgalikda zamonaviy tahdidlarga samarali qarshi turmoqda, barqaror o‘sishni namoyish etmoqda”, - dedi Prezident.

 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin yillarda yalpi mahsulotining jami o‘sishi besh foizdan ortiq darajada barqaror saqlanib qoladi.

 

Bir necha yil ichida mintaqa mamlakatlari ko‘plab jiddiy masalalarni hal etishga muvaffaq bo‘ldi - chegaralar ochildi, savdo va transport aloqalari, gumanitar almashinuvlar tiklandi.

 

“Biz avtomobilsozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligida muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oshirmoqdamiz.

 

Chegaradosh hududlarda hamkorlik markazlari va tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratmoqdamiz.

 

Shu tufayli xalqaro hamjamiyatning mintaqamizga qiziqishi kuchayib bormoqda.  Bugun Berlindagi uchrashuvlar buning yorqin tasdig‘idir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Germaniyadagi iqtisodiy forumda qatnashmoqda | Zamon.uz