Iqtisodiyot

Shols: Qozog‘iston — Germaniyaning neft va xomashyo bo‘yicha muhim hamkori

Germaniya kanslerining fikricha, bu hamkorlik Rossiya energetika sektoridan mustaqillikka erishishga yordam beradi.

Shols: Qozog‘iston — Germaniyaning neft va xomashyo bo‘yicha muhim hamkori

 

Germaniya kansleri Olaf Sholsning fikricha, Qozog‘iston Germaniya uchun xom neft va boshqa xomashyo yetkazib berishda muhim hamkor hisoblanadi. Shols 28-sentabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan Berlinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy Osiyo davlati "xom neft importi kabi taʼminot zanjirlarini kengaytirish va Rossiya energiya taʼminotidan mustaqil qilish uchun muhim hamkor", dedi. 

 

Kansler Qozog‘istonning Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilishdagi muhim rolini qayd etdi.

 

"Qozog‘iston hukumati bizni sanksiyalardan bo‘yin tovlashning oldini olishda qo‘llab-quvvatlayotgani va faol qarshi choralar ko‘rayotgani yaxshi va foydali", — dedi Shols. 

 

Bu davlat Germaniyaning Markaziy Osiyodagi eng muhim savdo sherigi hisoblanadi, deya davom etdi Germaniya kansleri. To‘qayev va Shols savdo va investitsiyalar uchun sharoitlarni yaxshilashga kelishib oldi.

 

"Biz huquqiy aniqlik muhimligini muhokama qildik. Prezident menga mamlakatda qonun ustuvorligini, inson huquqlari va demokratik tamoyillarga hurmatni mustahkamlashga qaratilgan rejalari haqida gapirib berdi", — dedi Shols.

 

O‘z navbatida, To‘qayev Germaniya Federativ Respublikasi "Qozog‘istonning Yevropa Ittifoqidagi strategik hamkori" ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuni kecha Siemens, Siemens Energy, Deutsche Bahn, Linde Group va boshqalar bilan "muhim savdo shartnomalari" imzolangan. Oliy martabali mehmon, shuningdek, Germaniya kanslerini Qozog‘istonga tashrif buyurishga taklif qildi.

 

Ayni paytda, tabiiy resurslarga boy Qozog‘iston Rossiyaning yaqin ittifoqchisi sanaladi, u bilan turli harbiy va iqtisodiy ittifoqlarga ega. 29-sentabr, juma kuni To‘qayev hamda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari – O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari ishtirok etadigan sammitga Shols raislik qiladi. Bu ushbu besh davlat yetakchilari va Yevropa Ittifoqining asosiy davlatlaridan birining yuqori martabali rahbariyati o‘rtasidagi birinchi sammit bo‘ladi. 

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shols: Qozog‘iston — Germaniyaning neft va xomashyo bo‘yicha muhim hamkori | Zamon.uz