O'zbekiston

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 200 ga yaqin tadbir o‘tkazilishi kutilmoqda

Bugun XV Toshkent xalqaro kinofestivali yangi milliy filmlar taqdimoti bilan boshlandi.

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 200 ga yaqin tadbir o‘tkazilishi kutilmoqda

 

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali uchinchi yildirki, butun dunyo kinoijodkorlarini bir maydonda birlashtirmoqda. O‘tgan yili festivalda 500 dan ortiq kino ijodkorlari ishtirok etgan edi. Bu yilgi tadbir yana-da kengroq qamrovda o‘tkazilishi kutilmoqda. Tadbirlar nafaqat poytaxtda, balki respublikamizning boshqa hududlarida ham bo‘lib o‘tadi.

 

Festival bo‘yicha OAV xodimlari va blogerlar uchun tashkillashtirilgan press-brifingda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov so‘zga chiqib, kinematografiya sohasida ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi.

 

 

"Ikki yil avval prezidentimiz tomonidan Toshkent kinofestivalining tiklanishi o‘zbek madaniy hayotining tom maʼnodagi timsoli bo‘lmoqda. Joriy yilda 52 davlatdan tashrif buyurgan 300 ga yaqin mehmonlar orasida rejissyor aktyor va prodyuserlar bilan birgalikda ishonchli hamkorlar bor. 30 ga yaqin davlatlar bilan hamkorlikda kinoloyihalar amalga oshiryapmiz.

 

Bu yil festival doirasida Xudoybergan Devonov tomonidan suratga olingan dastlabki filmning 115 yilligi, o‘zbek milliy dublyaj sanʼatining 85 yilligi va Toshkent kinofestivalining 65 yilligi kabi muhim voqealarni birlashtirishga harakat qildik", — dedi Fildavs Abduxoliqov.

 

Press-brifingdan so‘ng milliy kinoloyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Unda rejissyor Jahongir Ahmedov suratga olayotgan "Bahodir Yalangto‘sh", Yolqin To‘ychiyevning "Ulug‘ Amir va donna Mariya", Abduhalil Mignorovning "Mening mahallam", Shohrux Rasulovning "Uch qahramon", Akrom Isakovning "Yengilmas. Tokioga yo‘l" va Abutolib Adamkulovning “Epidemiya” filmlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

 

Bu yilgi festivalda Rossiya, Qozog‘iston, Isroil, Xorvatiya, Yaponiya, Polsha, Fransiya, Latviya, Chili, Koreya, Estoniya, Germaniya, Portugaliya, Singapur, Ukraina va boshqa 30 dan ortiq davlatdan kino ijodkorlari ishtirok etadi.

 

Tadbirlar dasturi qiziqarli voqeliklarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Kino zallarida 50 ga yaqin filmlar namoyish etiladi. Ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari, muhokamalar rejalashtirilgan. Rejissyorlar Emir Kusturitsa, Hasan Nazer, Abdul Latif Salazar, Kshishtof Zanussi, Aleksandr Sokurov, Janik Fayziyev, aktrisa Yelizaveta Boyarskaya, “Taksi” filmi yulduzlari Sami Naseri Frederik Diyefental va boshqa ko‘plab kino olami yulduzlarining festivalga tashrifi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, Madaniyat kunlari, Butunjahon kino kunlari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kinofestivalini o‘tkazish, filmlar namoyishi va muhokamalar o‘tkazilishi kutilmoqda. Tadbirlarga kirish bepul.

 

Bundan tashqari, anʼanaga ko‘ra, festival arafasida “Kino 5 kun ichida” tanloviga start berildi. Turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar qisqa vaqt ichida o‘z ijodiy ishlarini suratga olib, hakamlar hayʼatiga taqdim etishi kerak.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 200 ga yaqin tadbir o‘tkazilishi kutilmoqda | Zamon.uz