98 yoshli o‘qituvchi "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi
Nuroniy ota hozir maktabda matematika fanidan dars berib kelmoqda.

O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o'rnak ko'rsatgan xodimlarning bir guruhi Yurtboshimizning tegishli farmoniga muvofiq davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ular orasida Koson tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o'qituvchisi Egamshukur ota Abdiyev ham bor. Butun hayotini ta'lim sohasiga bahsh etgan 98 yoshli Egamshukur ota "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi.
Eslatish joiz, Egamshukur ota hozir maktabda matematika fanidan dars berib kelmoqda.







