O'zbekiston

"Toshkent — Markaziy Osiyoning kino va prodyuserlik poytaxtiga aylanadi"

"Selluloid Junkiye" nashri jurnalisti Mark Lou Xitching Toshkent kinofestivali haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Toshkent — Markaziy Osiyoning kino va prodyuserlik poytaxtiga aylanadi"

 

 

"Selluloid Junkiye" nashri jurnalisti Mark Lou Xitching Toshkent kinofestivali haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi:

 

— Festival qiziqarli voqealarga boy bo‘ldi. Endi Kevin Speysining oldiga yaqinlashib bo‘lmaydi. Lekin nega odamlar janob Speysidan O‘zbekiston yoki festivalning o‘zi haqidagi taassurotlarni emas, qanday qilib rejissyor yoki aktyor bo‘lishni so‘rashlari menga qiziq bo‘ldi, - dedi jurnalist. - Festival haqida gapiradigan bo‘lsak, unda hamma narsa juda chiroyli: sahna, yorug‘lik, ovoz. Toshkent juda samimiy va yordamga shay odamlar shahri ekanligini angladim.

 

O‘zbekiston yangi biznes, yangi investitsiyalarga ochiq. Bu mamlakat London, Nyu-York, Gollivud, Bollivuddan prodyuserlarni olib kelmoqchi va ular buni yaxshi uddalashmoqda. Umid qilamanki, yildan-yilga tadbir yana-da yaxshiroq tashkil qilinadi. Tez orada yangi investitsiyalar asosida studiyalar quriladi va yangi texnologiyalar paydo bo‘ladi, bu soha katta kuchga aylanadi. Va men yangi loyihalar hayotga tatbiq qilinishini sabrsizlik bilan kutaman, chunki yangi studiyalar ulkan kreativ g‘oyalar maydoniga aylanadi. Toshkent nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning kino va prodyuserlik poytaxtiga aylanadi. 

 

Bu yil O‘zbekistonga jahon kino sanoatining yirik namoyondalari keldi. O‘ylaymanki, festival tashkil etish bo‘yicha tajriba ortdi va kelgusi yil ular yana-da ko‘proq taniqli insonlarni olib kelishlari mumkin. Menga "Kino 5 kun ichida" g‘oyasi yoqdi, bu yosh kinoijodkorlar uchun ajoyib g‘oya va yangilikdir. Ammo kelajakda men ingliz va frantsuz rejissyorlarining qisqa metrajli filmlari premyeralarini ko‘rishni istardim. Qanday bo‘lmasin, men ajoyib odamlardan keladigan energiyani his qildim va sevib qoldim. Ular juda yaxshi ishni boshlashgan.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaroning bankdan 2,2 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan.

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

U fuqarolarga qo‘shma biznes taklif qilib, katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olganlikda gumonlanmoqda.