O'zbekiston

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

U fuqarolarga qo‘shma biznes taklif qilib, katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olganlikda gumonlanmoqda.

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

 

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 1991-yilda tug‘ilgan M.N. ismli ayol Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, ayol O‘zbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.

 

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga hamkorlikda biznes yuritishni taklif qilish orqali katta miqdordagi mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda gumonlanmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ayni paytda ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida qidiruvdagi boshqa shaxslarni aniqlash, qo‘lga olish va O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tadbirlar davom ettirilmoqda.

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Korxona havoga me’yordan 1 533 baravar ko‘p zararli modda chiqargan.

“Zapravka”lar faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin: gaz ta’minotida ustuvorlik kimlarga beriladi?

“Zapravka”lar faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin: gaz ta’minotida ustuvorlik kimlarga beriladi?

“O‘zgidromet” 9–11-noyabr kunlari yomg‘ir, shimoliy va tog‘li hududlarda qor yog‘ishini prognoz qilmoqda.

Toshkent xalqaro muloqot maydoniga aylanadi: BMT sessiyasi o‘tkaziladi

Toshkent xalqaro muloqot maydoniga aylanadi: BMT sessiyasi o‘tkaziladi

Toshkentdagi sessiyada giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, mintaqaviy hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilinadi.

Dron orqali aniqlangan qonunbuzilish: Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish to‘xtatildi

Dron orqali aniqlangan qonunbuzilish: Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish to‘xtatildi

Mutaxassislar tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar 8,9 milliard so‘mga baholandi.

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

U fuqarolarga bergan qarzidan 10 baravar ko‘p pul talab qilganlikda gumonlanmoqda.

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

Bankomatlardan pul yechish bilan bog‘liq nizolarni xolisona ko‘rib chiqish bo‘yicha banklar va to‘lov tashkilotlariga talablar eslatildi.

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Hududlarda elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish sababli vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.