O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Davlat rahbari tabrigida yosh sportchilarning erishgan natijalarini e’tirof etib, ularni kelgusida xalqaro musobaqalarda Vatan sharafini munosib himoya qilishga undadi.

 

Prezident Olimpiada musobaqalari nafaqat sport bellashuvi, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlovchi tarbiya maydoni bo‘lganini ta’kidladi.

 

Tabrikda musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilar alohida qayd etildi. Jumladan, qashqadaryolik Kumush Ko‘chkinova dzyudo va kurash bo‘yicha ikkita oltin medalni qo‘lga kiritgan. Toshkentlik Aisha Yenina esa badiiy gimnastika bo‘yicha uchta oltin, bittadan kumush va bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

 

Shuningdek, og‘ir atletikachi Mushtariy O‘rolova 60 kilogrammdan yuqori vazn toifasida dast ko‘tarishda 109 kilogramm, siltab ko‘tarishda 136 kilogramm va ikki kurash yakuniga ko‘ra 245 kilogramm natija qayd etib, jahon rekordini o‘rnatgani ta’kidlandi.

 

Bundan tashqari, bir qator yosh sportchilar O‘zbekiston rekordlarini yangilagan. Parasuzish bahslarida andijonlik Hikmatulla Haydaraliyev va qoraqalpog‘istonlik Shahnoza Yerejepbayeva to‘rttadan oltin medalni qo‘lga kiritgan. Sirdaryolik yengil atletikachi Durdona Jumanqulova esa uch kurash bahslarida 2014 ochko jamg‘arib, 14 yoshli sportchilar orasida eng yuqori natijani qayd etgan.

 

Shavkat Mirziyoyev barcha ishtirokchilar musobaqalarda zarur bilim va tajriba orttirganini ta’kidlab, bu bellashuvlarda mag‘lublar bo‘lmaganini qayd etdi.

 

Davlat rahbari yosh sportchilarning kelgusida qit’a va jahon chempionatlari, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ham O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaroning bankdan 2,2 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan.

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

U fuqarolarga qo‘shma biznes taklif qilib, katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olganlikda gumonlanmoqda.

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Korxona havoga me’yordan 1 533 baravar ko‘p zararli modda chiqargan.