Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi
Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining 06.07.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar S.Ya. tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingan Asaka tumani, Turon MFY, Turon ko‘chasi hududidagi tadbirkor K.T. ga tegishli yerning 139 K .M qismiga o‘zboshimchalik bilan qurib olingan qurilmalar majburiy tartibda buzdirilishi belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi tomonidan javobgar S.Ya. sud hujjatida belgilangan talablarni ixtiyoriy bajarishi haqida ogohlantirilishiga qaramasdan bu talablar bajarilmagan.
Ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida majburiy ijro tayinlanib, davlat ijrochilari tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida noqonuniy qurilma bartaraf etildi.







