O'zbekiston

Ko'pxotinlikka targ‘ib qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi

Senat tomonidan yana bir qonun ma'qullandi.

Ko'pxotinlikka targ‘ib qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi

 

Oliy Majlis Senatining 45-yalpi majlisida "Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yig‘ilishda so‘nggi paytlarda mamlakatda diniy nikohlar ko‘paygani, natijada ko‘pxotinlilik holatlari ko‘paygani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda reklama, ko‘ngilochar va tahliliy materiallar orqali ko‘pxotinlilik va uning "afzalliklari"ni targ‘ib qilish holatlari ko‘paygani aytildi.

 

Buning natijasida mamlakatda nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ko‘paydi. Masalan, 2020 yilda respublikada yolg‘iz onaning arizasiga ko‘ra 16 564 nafar bola tug‘ilishi qayd etilgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 18 955 nafarga yetdi.

 

Yig‘ilishda Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish orqali qonunda ustunlikka targ‘ib qilish yoki nikohi qayd etilmagan shaxslar diniy nikoh marosimini o‘tkazish uchun ma’muriy va jinoiy jazo belgilanishi ko‘zda tutilgani ta’kidlandi.

 

Shu bilan birga, Qonun bilan ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ko'pxotinlikka targ‘ib qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi | Zamon.uz