O'zbekiston

O‘zbekistonda salkam 1 yarim million odam ishsiz

Fuqarolar bandligini taʼminlash va mamlakat iqtisodiyoti rivojiga yosh tadbirkorlar qanday hissa qo‘shyapti?

O‘zbekistonda salkam 1 yarim million odam ishsiz

 


Yosh tadbirkorlar mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishiga qanday hissa qo‘shyapti?



          Ishsizlik juda ko‘p muammolarga zamin yaratadi — jinoyatchilik oshadi, oilalarda notinchlik paydo bo‘ladi, bolalarning tarbiyasi buziladi. Dunyoning xoh rivojlangan, xoh rivojlanayotgan biror davlati yo‘qki, ishsizlik muammosi bo‘lmasa. O‘zbekistonda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 1,3 milliondan ortiq fuqaro ishsiz hisoblanadi.

 

          Aholi sonining to‘xtovsiz o‘sib borishi, texnologiya rivojlanib yangi kasblar paydo bo‘lishi va bu jarayonda mutaxassis yetishtirib berish kabi masalalar ishsizlikni yanada dolzarb muammoga aylantirishi mumkin.

 

          Buni hal qilishning yo‘li – yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni yoshlar o‘rtasida rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish.

 

 Davlat bu borada yaxlit tizim yaratdi – endi yoshlarning biznes tashabbuslari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashiladi va shu orqali ularning bandligi ta’minlanadi.

 

          ✔️ Kreditlashning yangi tizimi


          Biz so‘z yuritayotgan tizim – yoshlar tadbirkorligini kreditlashning yangi tizimi deb ataladi. Unga ko‘ra, yoshlarga o‘z biznesini boshlash uchun:

 

          – jismoniy shaxslarga: 7 yil muddatga (3 yil imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda) 33 mln so‘mgacha;

 

          – yuridik shaxslarga: 225 mln so‘mgacha mikrokreditlar berish boshlandi.

 

          Bunga Prezidentning PF-4862 va PF-6260-son Farmoni, Hukumatning 388-son qarori bilan huquqiy asos yaratilgan.

 

          Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash Mikrokreditbank va Milliy bankning asosiy vazifasi etib belgilandi.

 

          Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi (oilakredit.uz) ishga tushirilib, kredit olishning onlayn tizimi yaratildi.

 

          Natijada 2023 yil o‘tgan 9 oy davomida 121 ming 547 nafar yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2 trln 438 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

 

          Misol uchun: Toshkent viloyati, Toshkent tumanida yashovchi Abrorova Xadicha Dilmurod qiziga o‘z yashash honadonida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun 33 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Bugungi kunda 50 o‘rinli “SORA KIDS” nomli oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

 

          ✔️ Loyihalarni moliyalashtirish tizimi


          Tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda ularning innovasion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimi yaratildi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 21 dekabrda 765-sonli qaror  chiqargan.

 

          Mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘quv dasturlari tayyorlanib, bugungi kunga qadar 91 nafar yoshlarning 44,3 mlrd so‘m qiymatdagi istiqbolli loyihalari moliyalashtirildi. 

 

          Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida 95 ming nafar yoshlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi.

 

          Misol uchun: Samarqand viloyati, Nurobod tumani “Sazag‘an” mahallasida yashovchi Karimov Furqat Xo‘jaqulovich o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu loyiha doirasida 300 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i olib mebel ishlab chiqarish (“Xumoyunshox sifat mebel” MCHJ) faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda 8 nafar mahalla yoshlarini doimiy bandligini ta’minlash bilan bir qatorda oylik aylanma mablag‘ hajmini 100 mln so‘mga yetkazgan.

 

          ✔️ Zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish tizimi


          Yoshlarga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rgatishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangicha tartibi – “Kelajak kasblari” loyihasi joriy etildi. Ushbu loyiha doirasida 2023 yil davomida 3 ming 251 nafar yoshlarning o‘qish xarajatlarining 8,7 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘lari qoplab berildi.

 

          “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari va maskanlari orqali 43 ming 554 nafar yoshlar bir qator kasb-hunarlarga o‘qitildi.

 


Yoshlar bandligini ta’minlash borasida Ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalarini kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga kelajakda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni o‘rgatishga qaratilgan “SkillsCamp” loyihasi amalga oshirilib, ushbu loyiha doirasida 1 000 nafar IT, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, media, piar, SMM, turizm, brending, xorijiy tillar, biznes, startap, ta’lim, pedagogika, xalqaro huquq va munosabatlar, moliya, iqtisod, arxitektura va landshaft sohalariga qiziqqan yoshlar qamrab olindi.

 

          Bundan tashqari, yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga qiziqtirish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida 2023 yildan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ilk marotaba tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, qandolatchilik va hunarmandchilik yo‘nalishlarida 4 bosqichda “Kasblar tanlovi” tashkil etildi.

 

          Tanlovda ishtirok etish maqsadida “Beshtashabbus.uz” elektron platformasi orqali Respublika bo‘yicha jami 732 120 nafar yoshlar (shundan, 409 459 nafari ayollar) ro‘yxatdan o‘tib, loyihada qatnashish istagini bildirdi.

 

          Tanlovda ishtirok etgan 4 ming 160 nafar yoshlarni rag‘batlantirish uchun jami 9 mlrd. 160 mln. so‘m miqdorida mablag‘lar ajratilib, tegishli soha bo‘yicha asbob-uskunalar bilan taqdirlandi.

 

          Tanlov g‘oliblari o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishi uchun 1-o‘rin 100 mln so‘m, 2-o‘rin 75 mln so‘m, 3-o‘rin 50 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

          Misol uchun: Tanlovning “tikuvchilik” yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga qiritgan qashqadaryolik Shoqulov Javohir Jumanazar o‘g‘li ushbu mablag‘lar evaziga 5 ta to‘g‘ri chokli tikuv mashinasi, 2 ta overlog mashinasi, 2 ta maxsus dazmol hamda 2 ta ish stoli va stullar sotib olib o‘z faoliyatini kengaytirgan. Natijada bugungi kunda 6 nafar yoshni doimiy bandligini ta’minlash bilan bir qatorda 12 nafar mahalla yoshlariga o‘z kasbining sir asrorlarini o‘rgatmoqda.

 

          ✔️ Yerlarni ijaraga berish tizimi


          Joylarda ishsiz yoshlarning daromad manbaini yaratish orqali bandligini ta’minlash maqsadida zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berish tizimi joriy etildi.

 

          2023 yilning 9 oyi davomida ushbu tizim orqali 79 ming 594 nafar yoshlarga 29 ming 534 gektar yer maydonlari ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berildi.

 

          Misol uchun: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani Shoirlar mahallasida yashovchi Yuldashev Og‘abek Otabek o‘g‘li “Yoshlar daftari”ga kiritilib, “Ye-Auksion” orqali 30 sotix yer maydoni ajratilgan. Bugungi kunda ushbu yer maydoniga “pomidor” poliz mahsulotini ekib 3,5 tonna hosil olishga, 14 mln so‘m daromad qilishga erishdi.

 

          Bundan tashqari, targ‘ibot va tushuntirishlar orqali norasmiy sektorda band bo‘lgan 501 ming nafar ijtimoiy, sanoat, qishloq xo‘jaligi, axborot kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zini-o‘zi band qilishga erishildi.

 

Xulosa:

          Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mamlakat uchun nima beradi? Quyida bir necha sabablarga e’tiboringiz qaratiladi:

 

          Birinchidan, yosh tadbirkorlar yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali ishsizlikni kamaytirish va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Ular iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga, sarmoya jalb etishga ham hissa qo‘shadi.

 

          Ikkinchidan, yosh tadbirkorlar odatda bozorga yangi g‘oyalar va innovasion mahsulotlar yoki xizmatlar bilan kirib keladilar. Bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

 

          Uchinchidan, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bu biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish, kredit va moliyaviy ko‘makdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, lisenziyalash tartib-qoidalarini soddalashtirish, ta’lim va maslahat dasturlarini taqdim etishni o‘z ichiga oladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda salkam 1 yarim million odam ishsiz | Zamon.uz