Poytaxtda ilk bor Turkiy tilli davlatlarning "Qardoshlik sanʼati" forumi o‘tkaziladi
Forum bugun «O‘zbekfilm» kinokonsernida XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

30-sentyabr kuni «O‘zbekfilm» kinokonsernida XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Turkiy tilli davlatlar (Turksoy) kinonamoyondalari ishtirokida “Qardoshlik sanʼati” forumi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda festival axborot xizmati.
Unda Turksoy Xalqaro tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning eng yaxshi kinoijodkorlari taqdirlanib, turkiy xalqlar kinematograflar uyushmasining tashkil etiladi. Shuningdek, tomoshabinlarni Ayla Chelik, Talib Tele, Zeynep Hasenli va Jenisbek Piyazov kabi taniqli sanʼatkorlarning chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
Taʼkidlanishicha, forum davomida Turkiy xalqlar kinematograflar uyushmasi tuzilib, bir qator memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.







