Sergelidagi portlashdan so‘ng 4 kishi hibsga olindi
Ular omborxona hududida faoliyat yuritgan tadbirkorlar ekani aytilmoqda.

Toshkent shahrining Sergeli tumanida yuz bergan portlash ortidan 4 kishi hibsga olindi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Qalampir” nashri xabar bermoqda.
Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasida joylashgan “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxonaning portlashi ortidan 4 kishi qo‘lga olingan. Ular ushbu omborxona hududida ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari direktorlari hisoblanadi.
IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”B” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qo‘lga olinganlarning shaxsi, ushbu ombor hududida qanday korxonalar ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritgani hozircha maʼlum emas.







