O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qatar investitsiyalar agentligi direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda agentlik investitsiyalarini O‘zbekistonda jalb qilish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Qatar investitsiyalar agentligi direktori bilan uchrashdi

 

Qatarga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar investitsiyalar agentligi direktori Bandar bin Saud Ol Soniyni qabul qildi.

 

Agentlik sanoat, infratuzilma, energetika, ko‘chmas mulk, elektron texnologiyalar sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega global miqyosdagi yetakchi investitsiya xoldinglaridan biri hisoblanadi. Idora rahbari bir vaqtning o‘zida Qatar Markaziy banki raisidir.

 

Uchrashuvda agentlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini mamlakat hududlarida “yashil” energetika obyektlari – quyosh va shamol stansiyalarini qurish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shu jumladan zamonaviy aviaterminallar barpo etish va boshqa investitsiya loyihalariga jalb qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

Ilg‘or bank-moliya xizmatlarini, shu jumladan islom moliyasi dasturlari doirasida rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

 

Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki tomonlama guruh uchrashuvini yaqin fursatda o‘tkazishga kelishib olindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Qatar investitsiyalar agentligi direktori bilan uchrashdi | Zamon.uz