Endi uysizlar 6 oy vaqtincha turarjoyga joylashtiriladi
Bu “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega bo‘lgan muassasalarga olti oy muddatgacha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi beriladi.
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida alohida vaqtinchalik boshpanalar (shelterlar) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.







