Jahon

Yetarli mukofot olmaslik yurakka zarar

Ishdagi stress omili yurakka semirish bilan bir xil taʼsir qilishi aytilmoqda.

Yetarli mukofot olmaslik yurakka zarar

 

So‘nggi tadqiqotlar ko‘p ishlash evaziga kam haq olish yurak kasalliklariga olib kelishini isbotladi. Bu holat xavfi semirish bilan bir xil darajada ekani aytilmoqda. Shuning uchun ishda sizga yetarli maosh to‘lanmayapti deb hisoblasangiz, maqolani oxirigacha o‘qing.

 

Tadqiqot natijalari Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi tomonidan chop etiladigan Circulation: Cardiovascular Quality and Outcomes jurnalida chop etildi.

 

Maqola mualliflari ishdagi stress va mukofot o‘rtasidagi nomutanosiblik yurak-qon tomir kasalliklari xavfini ikki baravarga oshirishini aytmoqda.

 

"Insonlarning ishda o‘tkazadigan vaqti ancha ko‘pligini hisobga olsak, ishdagi stress omillari va yurak-qon tomir salomatligining chambarchas bog‘liqligiga amin bo‘lish mumkin. Bu esa jamiyat salomatligi va ishchi kuchi farovonligida muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotimiz ishchilar va ish beruvchilar uchun manfaatli bo‘lgan mehnat sharoitini yaratish va stressli vaziyatlarga qarshi kurashish zarurligini taʼkidlaydi", - deydi tadqiqotning yetakchi muallifi Matilda Lavin-Robisho.

 

Birgina Yevropa qitʼasida erkaklar o‘limining eng katta qismiga yurak-qon tomir kasalliklari sabab bo‘ladi. Ayni paytda AQSHda yurak xuruji o‘limning asosiy sabablaridan biri sanaladi.

 

Tadqiqotchilar o‘rtacha yoshi 45 da bo‘lgan 6500 ishchi orasida kuzatuv o‘tkazgan. Tajriba 2000 yildan 2018 yilgacha davom etgan. Unda 3118 erkak va 3347 ayol qatnashdi.

 

Ishchilarning salomatligi haqidagi maʼlumotni o‘rgangach olimlar mehnat bosimi va mukofot puli o‘rtasidagi nomutanosiblikni baholadi.

 

Ishidagi stress va mukofot nomutanosib bo‘lgan erkaklarda yurak kasalliklari xavfi 49 foizga yuqori bo‘ladi.

 

Ishdagi stress omili yurakka semirish bilan bir xil taʼsir qilishi aytilmoqda. Ammo stressning ayollar salomatligiga taʼsiri yetarlicha isbotini topmagan.

 

Ish va maosh o‘rtasidagi nomutanosiblik ishchi kasbiga  ko‘p kuch sarflab, yetarli maosh yoki mukofot olmasligi natijasida yuzaga keladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yetarli mukofot olmaslik yurakka zarar | Zamon.uz