O'zbekiston

Toshkent xalqaro kinofestivali yakunida "Eng yaxshilar" taqdirlandi — foto

Samarqanddagi "Boqiy shahar" majmuasida 65 yillik tarixga ega "Ipak yo‘li durdonasi" XV Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi..

Toshkent xalqaro kinofestivali yakunida "Eng yaxshilar" taqdirlandi — foto

 

Kecha, 2-oktabr kuni Samarqand shahridagi «Boqiy shahar» majmuasida «Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Yopilish marosimidan avval jahon va O‘zbekistonga mashhur kinoyulduzlar maxsus tashkil etilgan qizil yo‘lakdan o‘tdi. Tadbirda 400 ga yaqin kinoijodkorlar, aktyor va aktrisalar, rejissyor va kinooperatorlar, prodyuser va kinotanqidchilar, kinoshunos olimlar ishtirok etdi.

 

 

Tantanali marosimda fransiyalik mashhur aktyor, o‘zbek tomoshabinlariga “Taksi” filmidagi roli bilan tanish bo‘lgan Sami Naseri, “Yetti”, «Amerikancha go‘zallik» filmlari bilan mashhur bo‘lgan amerikalik Kevin Speysi ham qatnashdi. Tadbir Speysining nutqi bilan boshlandi.

 

Shundan so‘ng, qatnashchilar uchun Samarqand shahri haqida tayyorlangan video namoyish etildi. Shuningdek, “Matonat” hujjatli filmi rejissyori Shuhrat Mahmudov va «Samarqandda qovun tarovati» kinokartinasi rejissyori Ali Hamroyevlar taqdirlandi.

 

 

Keyin esa Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov so‘zga chiqdi va barchani omadli o‘tkazilgan yana bir festival bilan tabrikladi. Tadbir davomida Jahon kinosi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun rejissyorlar rossiyalik Aleksandr Sokurov, gruziyalik Irakliy Kvirikadze va italiyalik Piyetro Marchellolar taqdirlandi.

 

 

Marosim yakunida Markaziy Osiyo filmlari tanlovi g‘oliblari eʼlon qilindi.

 

Unga ko‘ra, Tojikistonning «Fortuna» filmi festival direksiyasining maxsus sovriniga, qozog‘istonlik rejissyor Maksim Akbarovning “Sahro” kinokartinasi esa eng yaxshi debyut nominatsiyalariga loyiq ko‘rildi. Eng yaxshi aktyor Dastan Aybek («Shuvoq hidi»), eng yaxshi aktrisa Talaaykan Abazova (“Esimda”), eng yaxshi rejissyor esa Darxon Tulegenov (“Aka-ukalar”) deb topildi. Hakamlar hayʼatining maxsus mukofoti Adilxan Erjanovning «Ademokaning sabog‘i» filmiga nasib etdi. Eng yaxshi film nominatsiyasida o‘zbekistonlik rejissyor Shokir Xoliqovning “Yakshanba” filmmi g‘olib bo‘ldi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent xalqaro kinofestivali yakunida "Eng yaxshilar" taqdirlandi — foto | Zamon.uz