O'zbekiston

Kollej va texnikumlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Kollej va texnikumlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi

 

Hukumat qarori bilan “Kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha taʼlim olayotgan xotin-qizlarning to‘liq davlat granti asosida taʼlim olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.

 

Nizomga ko‘ra, kollej va texnikumlarga o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar uchun talab etiladigan davlat granti mablag‘lari respublika byudjetidan byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladi.

 

Kollej va texnikumlarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar o‘quv yilining 10 oktyabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladi.

 

Arizalar taalluqliligi bo‘yicha kollej va texnikumlar tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, hududlardagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga taqdim etiladi.

 

Hududiy bo‘linmalar har yili 15 oktyabrgacha umumlashtirilgan maʼlumotlarni ko‘rib chiqadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

 

Vazirlik har yili 20 oktyabrgacha umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qilgan xotin-qizlar ro‘yxatini taalluqliligi bo‘yicha tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirlik va idoralarga taqdim etadi.

 

Vazirlik va idoralar mazkur ro‘yxat asosida xotin-qizlarning davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun zarur mablag‘ ajratish yuzasidan har yili 25 oktyabrgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kuni ichida tegishli mablag‘larni mazkur vazirlik va idoralarga ajratadi.

 

Kollej va texnikumlar direktorlari 2023/2024 o‘quv yilidan davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlar uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kollej va texnikumlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi | Zamon.uz