O‘zbekiston va Qirg‘iziston OTM rektorlarining birinchi forumi boshlandi
Tadbir ikki mamlakatdan 70 ga yaqin OTM rahbarlarini jamlab, 4-oktabrga qadar davom etadi.

Bugun Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Qirg‘iz-O‘zbek universitetida “Oliy ta’lim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi boshlandi.
Forumda ikki davlat oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi va oliy ta’lim transformatsiyasi muhokama qilinadi.
Tadbirda ikki mamlakatdan 70 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari va boshqa yirik ta’lim tashkilotlari vakillari qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Forum o‘z ishini 4 oktyabrga qadar davom ettiradi.







