O‘zbekistonda mahalliy poyezd chipta narxlari oshiriladi
Bu haqda «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ maʼlum qildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2023 yilning 20 oktyabr sanasidan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarini 50 foizga oshiradi.
Shuningdek, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxi 100 foizga ko‘tariladi.
«O‘ztemiryo‘lovchi» AJga ko‘ra, so‘nggi marta yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari 2018- yilda ko‘rib chiqilgan.







