O'zbekiston

O‘zbekistonda «Turk kinosi kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi O'zbekistonning "Madaniyat va san'at fidokori"medali bilan taqdirlandi.

O‘zbekistonda «Turk kinosi kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekistonda uyushtirilgan «Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida, tadbirning maxsus mehmoni – Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligiga bag‘ishlangan «Madaniyat kechasi» va «Turk kinosi kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda, Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi Sulton Rayev, O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Batuhan Mumju, Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar hamdaTurkiyadan kelgan san’atkor va mehmonlar ishtirok etdi.

 

Ochilishda soʻzga chiqqan Ozodbek Nazarbekov, festival faqatgina dunyoga mashhur kino sanʼatkorlarini birlashtiribgina qolmay, ayni vaqtda oʻzaro tajriba va uni almashishda ham muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

 

Festival, kino sanʼati tarixida yorqin sahifa boʻlib qolishiga ishonchi komil ekanligini taʼkidlagan Nazarbekov, Oʻzbekiston kino sanʼatining 115 yillik tarixga ega ekaniga alohida e’tibor qaratdi.

 

Nazarbekov, madaniyat va san’at ahlini qo‘llab-quvvatlagani tufayli Turkiya Madaniyat va turizm vazirligini O‘zbekistoning «Madaniyat va sanʼat fidokori» medali bilan taqdirlash istagida ekanliklarini bildirib, mukofotni Batuhan Mumjuga topshirdi.

 

Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Mumju esa, ikki davlat oʻrtasida prezidentlik darajasida mustahkam aloqalar mavjudligiga eʼtibor qaratib, shu doirada madaniyat sohasidagi hamkorlik tobora ortib borayotganini taʼkidladi.

 

TURKSOY Bosh kotibi Rayev Turk dunyosi kinosiga hissa qo‘shgan, hayotini kinoga bag‘ishlagan va uning rivoji uchun mehnat qilgan kino san’atkorlariga TURKSOYning «Faxriy» ordenini taqdim etdi.

 

Mazkur ordenga ozarbayjonlik Elchin Guliyev, qirg‘izistonlik Artikpay Suyundukov, qozog‘istonlik Tungishbay Jamankulov, turkmanistonlik Maya Aymedova, o‘zbekistonlik Gulchehra Jamilova, turk kino san’atkori va rejissyor Semih Kaplano‘g‘lu sazovor deb topildilar.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda «Turk kinosi kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz