O'zbekiston

O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etilmoqda

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etilmoqda

 

28 sentyabr kuni “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga ko‘ra, elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “O‘zenergosotish” AJ tashkil etiladi.

 

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini tashish va tranzit qilishga ixtisoslashgan yagona magistral elektr energiyasi uzatish tizimi operatori etib belgilanadi.

 

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (energetika bozori regulyatori) tashkil etiladi.

 

2024 yil 1 iyuldan elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasi “O‘zenergosotish” AJ tomonidan va magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to‘liq amalga oshiriladi.

 

2025 yil 1 yanvardan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlari bo‘yicha majburiyatlari “O‘zenergosotish” AJga to‘liq o‘tkaziladi.

 

2025 yil 1 yanvargacha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlari “O‘zenergosotish” AJga qaytadan rasmiylashtiriladi.

 

2024 yil 1 fevralgacha xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magida Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyoti ishlab chiqiladi.

 

2024 yil 1 maygacha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatish, “O‘zenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va xarid qilish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablag‘larni taqsimlashning yangi tartibi tasdiqlanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etilmoqda | Zamon.uz