Zangiotadagi uy hojatxonasidan bola jasadi topildi
Holat bo‘yicha BP maʼlumot berdi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 1-oktyabr kuni Zangiota tumanida joylashgan bir uyning hojatxonasida taxminan 4-5 yoshli erkak jinsiga mansub murda topilgan.
Hozirda Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.







