O'zbekiston

Hududlarda paxtaga majburlash holatlari kuzatilyaptimi?

"Yuksalish" umummilliy harakati rasi, deputat Bobur Bekmurodov holatga munosabat bildirdi.

Hududlarda paxtaga majburlash holatlari kuzatilyaptimi?

 

Shu kunlarda ayrim tumanlarda odamlarni noqonuniy paxtaga jalb qilish holatlari jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

 

“Alohida mansabdor shaxslar va ayrim hokimlar tomonidan odamlarni ommaviy ravishda paxta yig‘im-terimiga jalb qilish harakatlari bugungi O‘zbekistonning progressiv siyosatiga zid”, deb bayonot berdi deputat Bobur Bekmurodov. Uning so‘zlariga ko‘ra, klasterlar va fermerlar o‘rtasidagi qiymat va foyda zanjirlarini qayta ko‘rib chiqish kerak.

 

U Telegram-kanalida e’lon qilgan постида O‘zbekistonda har mavsumda 6-7 million aholi, shu jumladan ayollar, bolalar, talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining majburiy mehnatiga barham berilganini qayd etgan.

 

“Qisqa davr ichida O‘zbekiston o‘nlab xalqaro tashkilotlar va hukumatlarning mazkur yo‘nalishdagi "qora ro‘yxatlari"dan chiqarildi, boykotlar bekor bo‘ldi. Mamlakatimizda majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanib, qisqa davr ichida 300 dan ziyod mansabdorlar javobgarlikka tortildi.

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz rahbarining siyosatida inson huquqlarini ta’minlash, ayniqsa majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy e’tibor qaratilmoqda”, – degan Bobur Bekmurodov.

 

Uning ta’kidlashicha, alohida mansabdor shaxslar va ayrim hokimlar tomonidan odamlarni ommaviy ravishda paxta yig‘im-terimiga jalb qilish harakatlari bugungi O‘zbekistonning progressiv siyosatiga zid. Bunday harakatlarga to‘laqonli barham berish, eskicha boshqaruv yondashuvlaridan batamom voz kechish zarur.

 

“Shuningdek, mamlakatimizda paxta sanoatining muhim o‘rnini inobatga olgan holda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tegishli idoralar klasterlar va fermerlar o‘tasidagi qiymat va foyda zanjirlarini qayta ko‘rib chiqishi lozim.

O‘z o‘rnida, klasterlar ijtimoiy mas’uliyatli biznes qoidalariga rioya qilishi, fermerlar bilan o‘zaro munosabatlarda ijtimoiy manfaatlarni inobatga olishlari shart”, – degan Qonunchilik palatasi deputati.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Hududlarda paxtaga majburlash holatlari kuzatilyaptimi? | Zamon.uz