Isroilda hasharotlar sayyohlik mavsumini barbod qildi
Biznes egalari katta zarar ko'rmoqda.

Isroildagi O'lik dengiz qirg'og'ida joylashgan mehmonxonalar va restoran egalarining biznesi chivinlar tomonidan barbod qilinmoqda. Chunki hech kim hasharotlar ko'p bo'lgan joylarga borishni xohlamaydi.
Yahudiylarning Sukkot va Fisih bayramlari yilning ikkita eng yuqori sayyohlik mavsumi hisoblanadi, ammo bu safar mehmonlar yo'q.
“Sanitariya darajasi pashsha va chivinlar sabab juda past. Men bunday sharoitda mehmonlarni qabul qila olmayman, garchi bu bizning daromadimizga ta'sir qilsa ham. Mehmonlarimiz imkon qadar tezroq narsalarni yig'ib, qochib ketishdi. Ular yana bir necha kun qolishlari kerak edi”, — deydi mehmonxona majmualaridan birining egasi.
Aholi mavjud vaziyatda chivinlar ko'payishi bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmayotgan mutasaddilarni ayblamoqda.







