O'zbekiston

O‘zbekistondan Rossiyaga eksport qilingan ayrim mahsulotlar zararlanganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy izoh berdi.

O‘zbekistondan Rossiyaga eksport qilingan ayrim mahsulotlar zararlanganmi?

 

Rosselxoznadzor tomonidan O‘zbekistondan Rossiyaga eksport qilingan uzum va pomidor mahsulotlari zararlangani bo‘yicha eʼtiroznoma kelib tushmagan. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi. 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondan Rossiyaga eksport bo‘lgan uzum va pomidor mahsulotlarida karantin osti organizmlari (zarpechak va Janubiy Amerika pomidor kuyasi) aniqlanganligi haqida xabarlar tarqaldi.

 

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan o‘rganishlar olib borildi. Qayd etilishicha, holat bo‘yicha Rossiya karantin xizmati (Rosselxoznadzor) tomonidan agentlikka eʼtiroznoma (notifikatsiya)lar kelib tushmagan.

 

“Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida agentlik direktori o‘rinbosari Nodirjon Kasimov Rossiyaga ishchi tashrifi doirasida Rosselxoznadzor vakillari bilan uchrashib, aniqlanayotgan holatlar yuzasidan fikr almashadi”, — deyiladi xabarda.

 

Xabarda tadbirkorlardan shu kabi holatlar yuzaga kelishini oldini olish va bu orqali xalqaro maydonda O‘zbekiston brendi nufuzini mustahkamlash maqsadida eksportdan oldin bog‘, dala va mahsulotning fitosanitar tozaligini aniqlash bo‘yicha o‘simliklar karantini inspektorlariga murojaat qilish so‘ralgan.

 

Maʼlumot uchun, uzum mahsulotida aniqlangan zarpechak Yevropa qitʼasining barcha mamlakatlarida, jumladan, Rossiya hamda Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, Okeaniya davlatlarida keng tarqalgan.

 

Zarpechak ildizsiz parazit o‘simlik hisoblanib, barglar hosil qilmaydi. Manzarali va mevali daraxtlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga chirmashadi va fotosintez jarayonlarining normal kechishiga to‘sqinlik qiladi.

 

Janubiy Amerika pomidor kuyasini Afrika, Yevropa, Janubiy va Shimoliy Amerika, Osiyoda yetishtirilgan mahsulotlarda uchratish mumkin. Zararkunanda asosan pomidorga zarar yetkazib, lichinka sabzavotning bargi, poyasi va hosili bilan oziqlanadi. Janubiy Amerika pomidor kuyasi bilan zararlangan pomidorda o‘ziga xos izlar qoladi. Zararli organizmga qarshi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish, sifatli feromonitoringni yuritish orqali samarali kurashish mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistondan Rossiyaga eksport qilingan ayrim mahsulotlar zararlanganmi? | Zamon.uz