O'zbekiston

Respublika ishchi guruhi Shofirkonda bo‘ldi

Buxoro viloyatining bir nechta tumanlaridagi mahallalar "Obod xonadon", "Obod mahalla" dasturiga muvofiq og‘ir hudud sifatida belgilab olindi.

Respublika ishchi guruhi Shofirkonda bo‘ldi

 

“Obod xonadon”, “obod ko‘cha, “obod mahalla” dasturiga muvofiq Jondor tumanidagi Dalmunobod, Peshku tumanidagi Deycha, Shofirkon tumanidagi Quyi Chuqurak hamda Kogon tumanidagi Sorg‘un mahallalari og‘ir hudud sifatida belgilab olingan.

 

— Bugunga kelib 642 ta xonadon, 826 ta oila va ularda 3780 nafar aholisiga ega mahallamizda asosiy “drayver”, yaʼni tirikchilik manbai dala-dehqonchilik ishlari va chorvachilik hisoblanadi. Shu bois, hududda ekin yeri 412 gektar bo‘lib, shundan 321 gektari bunda faoliyat yuritayotgan 6 ta fermer xo‘jaligi tasarrufidagi ekin maydoni, qolgani tomorqa yeridir, — deydi “Quyi Chuqurak” MFY raisi Jasurbek Nasullayev. — Albatta, qishloq joyida o‘z tomorqasiga ega bo‘lgan oila borki, sigir-buzoq parvarishlaydi, tovuq boqadi. Shu bilan ro‘zg‘orda sut-qatiqqa, go‘sht yo tuxumga bo‘lgan ehtiyoj qoplanadi. Biroq shunga qaramasdan, qishlog‘imizda xorijga chiqib ishlab kelayotgan rasman mehnat migranti 195 nafarni, ishsiz o‘ttizdan oshiqni tashkil etmoqda.

 

 

 

Odamlarga yaratib berilayotgan shart-sharoit, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida gap ketganda, mahallada taʼmirtalab ahvolga kelgan qariyb 10 kilometr yo‘l qismini talab darajasiga keltirish, jumladan, 2,5 kilometr yo‘l asosini tayyorlab, shag‘al bostirish, 2,2 kilometr masofada piyodalar yo‘lagini barpo qilish, deyarli 2,3 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, mavjud gidroinshootni mukammal taʼmirlab ishga tushirish kabi chora-tadbirlarga jadal kirishilgan. Shu bilan birga, elektr energiyasi taʼminotida kuzatilayotgan uzilishlarga barham berish, transformator yuklamalarini kamaytirish maqsadida 4,5 kilometr masofadagi elektr liniyasini taʼmirlash, kabellarini yangilash barobarida eskirib yaroqsiz holga kelgan 60 ta simyog‘ochni temir-beton ustunga almashtirish, bu ko‘chalarga 30 ta tungi yoritish chirog‘ini o‘rnatish kabi ishlar davom ettirilmoqda.

 

 

Bugunga kelib tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Quyi Chuqurak mahallasiga 250 kilovatt soat quvvatiga ega transformator, 100 kilovatt soat quvvatga ega qo‘shimcha transformator o‘rnatilib, 2 kilometr masofadagi elektr simlari ko‘rikdan o‘tkazilib, sozlangan. Yana 20 tadan ortiq tayanch ustunlar to‘g‘irlanib, 5 kilometr uzunlikdagi tarmoq daraxt shoxlaridan tozalangan. Hududdagi 5 ta transformator joriy taʼmirdan chiqarilib, elektr toki taʼminoti va o‘tkazuvchanligi yaxshilangan.

 

 

Qolaversa, tegishli xizmatlar, obodonlashtirish boshqarmasi birgalikdagi saʼy-harakati natijasida hududda 250 dan ortiq xonadonning tashqi fasadi tartibga solingan, 2 kilometr masofadagi ariq-zovur tozalangani holda daraxtlar butalib, shakl berilgan va oqlangan. Muxtasar aytganda, yuqoridagi saʼy-harakatlarning barchasi avvalo "Quyi Chuqurak”da odamlar og‘irini yengil qilish, ularning hech kimdan kam bo‘lmagan turmush kechirishlari, ertangi kunga ishonch bilan qadam tashlashlari uchundir.

 

 

Hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, mavjud muammolarga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Qahramon Sariyev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi vakillari mazkur mahallada bo‘lib o‘rganishlar olib bordi. Mahalla infratuzilmasi, aholining toifalari bo‘yicha maishiy-ijtimoiy shart-sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Shuningdek, Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Qahramon Sariyev oqsoqollar va aholi vakillari bilan suhbatda bo‘ldi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

 

Hududda boshlangan obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Respublika ishchi guruhi Shofirkonda bo‘ldi | Zamon.uz