Bahodir Jalolov ham Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Shunday qilib, bugun o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltinni qo‘lga kiritdi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Bahodir Jalolov finalda azaliy raqiblaridan biri, qozog‘istonlik Kamshibek Konkbayev ustidan yana bir bor g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) final jangida tailandlik Titisan Panmotni mag‘lubiyatga uchratishga erishgandi.
Shundan so‘ng Abdumalik Xalokov ham delegatsiya hisobiga galdagi oltin medalni taqdim qildi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan bokschi finalda yaponiyalik Shudai Haradani mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.







