“Darakchi” jurnalisti Suriya Magdiyeva vafot etdi
Bugun “Darakchi” tahririyati og‘ir judolikka uchradi, deb maʼlum qilmoqda nashr tahririyati

«Gazetaning ruscha nashri "Darakchi plyus"ning eng isteʼdodli va faol jurnalisti Suriya Magdiyeva bevaqt olamdan o‘tdi.
Marhumani butun Respublika, ayniqsa, Namangan (u poytaxtga kelishidan oldin "Namangan haqiqati"da ishlagan) isteʼdodli jurnalist sifatida yaxshi bilardi. U hech ham charchamaydigan, serharakat, respublikadagi barcha tadbirlarda faol, jamoada barchaga mehribon va aqlli inson edi.
U “Darakchi plyus” gazetasining rivojlanishida o‘zining beqiyos hissasini qo‘shdi. U ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, inklyuziv taʼlim haqida ko‘p yozardi, maktab muammolarini yoritgan, son-sanoqsiz intervyular olgan, press-turlarda va matbuot anjumanlarida esa faol qatnashardi.
Bugun “Darakchi” tahririyati og‘ir yo‘qotishni boshdan kechirmoqda. Suriya Magdiyevaning ijodi gazeta sahifalarida va uning yorqin siymosi esa qalbimizda abadiy qoladi».







