Jahon

Ilk bor fazoda chiqindi qoldirgan kompaniya jarimaga tortildi

Sunʼiy yo‘ldoshni "fazoviy chiqindiga" aylantirgani uchun Dish Network kompaniyasiga 150 ming dollar jarima solindi.

Ilk bor fazoda chiqindi qoldirgan kompaniya jarimaga tortildi

 

AQSH Federal aloqa komissiyasi (FCC) EchoStar-7 sunʼiy yo‘ldoshini noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilgani uchun Dish Network kompaniyasiga 150 ming dollar miqdorida jarima soldi. Kompaniya 2002 yildan beri koinotda bo‘lgan sunʼiy yo‘ldoshni "orbitadan to‘g‘ri tushirib yubora olmaganlikda" ayblangan.

 

FCC maʼlumotlariga ko‘ra, Dish kompaniyasi sunʼiy yo‘ldoshni ishlash muddati tugashi bilan orbitasini ko‘proq pasaytirib yuborgan, oqibatda "orbital chiqindi sifatida xavf tug‘dirishi" tahdidi yuzaga kelgan. Bunga sunʼiy yo‘ldoshda yoqilg‘i tugagani sabab qilib ko‘rsatilgan. Hozir qurilma "fazoviy chiqindiga" aylanib qolgan.

 

FCC Majburiy ijro byurosi rahbari Loyan Igalning taʼkidlashicha, bu odamlarning fazoni tez o‘zlashtirishi bilan bog‘liq qaror. Uning so‘zlariga ko‘ra, FCC fazoviy chiqindilar tarqalishiga qarshi agressiv kurashni davom ettiradi.

 

Jarima kompaniya faoliyatiga jiddiy zarar yetkazishi dargumon — Dish Network 2022 yilda 16,7 milliard dollar daromad olgan. Jarima ko‘proq “ogohlantirish” xususiyatiga ega ekani aytilmoqda.

 

Yevropa kosmik agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, Yer orbitasida 1 sm dan kichik bo‘lgan taxminan 128 million parcha, 1–10 sm o‘lchamdagi 900 ming va 10 sm dan kattaroq taxminan 34 ming bo‘lak bor. Ularning har biri fazoviy apparatlar bilan to‘qnashib, avariyaga sabab bo‘lishi mumkin. Kundalik xizmatlar uchun sunʼiy yo‘ldoshlarga qaramlik kuchayib borayotgani hisobga olinsa, bunday to‘qnashuvlar Yer uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ilk bor fazoda chiqindi qoldirgan kompaniya jarimaga tortildi | Zamon.uz