O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

Bu yerda Prezident Qul Sharif masjidini kirib ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

 

Tatariston Respublikasiga tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Qozon Kremli” tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasida bo‘ldi.

 

Davlat rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi.

 

Qozondagi Kreml YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Qozonning eng qadimgi qismi bo‘lib, shaharning ko‘p asrlik tarixini o‘zida mujassam etgan meʼmoriy, tarixiy va arxeologik yodgorliklardan iborat.

 

Bu yerda O‘zbekiston Prezidenti Qul Sharif masjidini kirib ko‘rdi.  Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Kamil Samigullin OLiy martabali mehmonga masjid tarixi haqida batafsil so‘zlab berdi. Duo o‘qildi.

 

Masjid 1996-2005 yillarda Qozon xonligi hududida XVI asrning ikkinchi yarmiga qadar mavjud bo‘lgan juma masjidi o‘rnida bunyod etilgan va Imom Qul Sharif nomi bilan atalgan.

 

Davlat rahbari Qozon va Tatariston mitropoliti Kirill hamrohligida Blagoveshensk soborini ham ko‘zdan kechirdi. Qozon Kremli hududidagi obidalarning eng qadimgisi bo‘lgan ushbu inshoot XVI asrda bunyod etilgan. Pskov meʼmorchilik anʼanalarining yorqin namunasidir.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi | Zamon.uz