Toshkentning 4 ta tumanida gaz taʼminoti to‘xtatiladi
Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ maʼlum qildi.

6 oktyabr kuni Toshkent shahrining 4 ta tumani tabiiy gaz taʼminotidan vaqtincha uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ertaga quyidagi 4 ta tumanda yashovchi isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
“Dilbuloq” MFY – aholi xonadonlari soni - 582 ta, ulgurji isteʼmolchilar soni - 11 ta.
Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
“Posira” MFY – aholi isteʼmolchilari soni - 450 ta, 1 ta AGTKSH (Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari).
Bektemir tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha):
“Yik ota” MFY – yerli xonadon soni - 1940 ta, ulgurji isteʼmolchilar soni - 36 ta.
Sergeli tumani (soat 14:00 dan 17:00 gacha):
“Farog‘atli” va “Xonobodtepa” MFYlari – yerli xonadon soni - 304 ta, ulgurji isteʼmolchilar soni - 5 ta.







