O'zbekiston

“Yo‘qol bu yerdan, iflos”. O‘zMU prorektori talabaning onasi bilan janjallashdi

Universitet maʼmuriyati holat bo‘yicha tushuntirish berdi.

“Yo‘qol bu yerdan, iflos”. O‘zMU prorektori talabaning onasi bilan janjallashdi

 

Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori talabaning onasi bilan janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan universitet maʼmuriyati izoh berdi.

 

Holat sentyabr oyi birinchi o‘n kunligida ro‘y bergan. Murojaatchi ayol prorektor qabuliga kirgan va qizi geologiya fakulteti 1-kursi kechki bo‘limga o‘qishga kirganini aytib, talabalar turarjoyidan o‘rin ajratish va ish bilan taʼminlashni talab qilgan. Prorektor ayolga kechki taʼlim shaklida tahsil oladigan talabalar uchun yotoqxona yetishmasligi, o‘rinlar kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiydigan talabalarni qamrab olganini bildirgan.

 

“Ayol tushunishni xohlamay, u holda ish bilan taʼminlab berasizlar, deb talab qo‘ygan. Prorektor agar imkoniyat topsak, maktablardan ish gaplashib beramiz, deb kerakli tavsiyalarni bergan. Ayol esa farzandiga universitetdan ish hal qilib berish talabini qo‘ygan”, - deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, talablari to‘liq qanoatlantirilmagan ayol ketar chog‘ida universitet rahbariyati va prorektorni o‘rinsiz haqoratlab ketgan. Kurakda turmaydigan so‘zlar prorektorning nafsoniyatiga tekkan va u ham ayolga nisbatan qo‘pol so‘zlarni ishlatgan. Shu vaziyat murojaatchi tomonidan yozib olingan va “prorektor murojaatchi ayolni haqorat qildi” degan maʼnodagi qismi tarqatilgan. Mazkur vaziyatga prorektor kotibasi, universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi hamda qabuldagi fuqarolar guvoh bo‘lishgan.

 

Universitet prorektori bilan ro‘y bergan ushbu holatda adolatli qaror chiqarish yuzasidan tegishli organ tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq o‘rganilib, holatga huquqiy baho berilgunicha hozirda videoda aks etgan prorektor o‘z vazifasidan vaqtincha chetlatildi va uning vazifalari universitetning boshqa masʼul prorektoriga yuklatildi.

 

Tegishli tekshiruvlardan so‘ng prorektorga tashkiliy, intizomiy yoki maʼmuriy chora ko‘rish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishi bildirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Yo‘qol bu yerdan, iflos”. O‘zMU prorektori talabaning onasi bilan janjallashdi | Zamon.uz