O'zbekiston

1-noyabrdan Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kiradi

Yangi norma talablariga javob bermagan turoperatorlarga Umra tadbirlarini tashkil etish huquqi berilmaydi.

1-noyabrdan Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kiradi

 

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq fuqarolarga Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshiriladi.

 

Mazkur qaror bilan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2023 yil 1 noyabrdan boshlab amalga kiritiladi.

 

Endilikda Umra tadbirlarini turoperatorlar tomonidan amalga oshirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

 

— Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ravishda diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining «Dinshunoslik», «Islomshunoslik», «Islom tarixi va manbashunosligi», «Ziyorat turizmi» va «Islom huquqi» ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot;

 

— Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, lisenziya talabgori 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasi uchun ochilgan quyida keltirilgan bank rekvizitiga zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumotni o‘zi mustaqil tarzda olishi zarur.

 

Eslatib o‘tamiz, kuchga kirayotgan yangi norma talablariga javob bermagan turoperatorlarga Umra tadbirlarini tashkil etish huquqi berilmaydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

1-noyabrdan Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kiradi | Zamon.uz