0

Madaniyat vazirligi portalni ishga tushirish bilan bog‘liq savollarga javob berdi

Portalni amaliyotga tatbiq etish uchun salkam yarim milliard soʻm mablagʻ sarflanishi aytilgan.

Madaniyat vazirligi portalni ishga tushirish bilan bog‘liq savollarga javob berdi

 

Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan madaniyat va san’at sohasi vakillari portalini ishlab chiqish xarajatlari bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan e’tirozlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 

 

Avvalo, bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan madaniyat va san’at sohasi vakillari, ularning ijodiy faoliyati to‘g‘risida aholiga ishonchli ma’lumotlarni yetkazib beradigan yagona ochiq axborot tizimi mavjud emas. 

 

Ikkinchidan, aholimizning to‘y, marosim va boshqa tadbirlarga o‘zlari ma’qul ko‘rgan san’atkor, ijodkor yoki ijodiy jamoalarni taklif qilish istagi bo‘lsa-da, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakt o‘rnatish, bog‘lanish yoki reja qilingan kuni ularning vaqti, imkoniyatini bilish qiyinchilik tug‘dirib keladi. Ya’ni, san’atkor va muxlis o‘rtasida integratsion maydon mavjud emas. 
Uchinchidan, yaratilayotgan portal ensiklopedik xususiyatga ega bo‘lib, faqat 10 nafar san’atkornigina emas, balki mamlakatimizda ijod qilayotgan barcha madaniyat va san’at sohasi vakillari – xonanda-sozanda, aktyor-aktrisa, rejissyor, shoir-yozuvchi, so‘z ustalari, raqs san’ati, tasviriy va amaliy san’at vakillari, askiyachilar, baxshi, jirov, oqinlar, sirk artistlari, folklor jamoalari, ashula va raqs ansambllari, estrada guruhlari, orkestr va xor jamoalari, teatr jamoalari to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. 

 

To‘rtinchidan, mazkur onlayn tizim Elektron hukumatning markazlashgan platformasi; san’atkorlarning litsenziyasi bor yoki yo‘qligini tekshirishga ko‘maklashuvchi Adliya vazirligining “Litsenziya” axborot tizimi hamda foydalanuvchilarga san’at va madaniyat vakillari ijodiga baho berish, sharh qoldirish imkoniyatini beradigan “Imkon Uzbekistan” NNTning “commeta sharh” onlayn platformasi bilan integratsiya qilinadi. 

 

Beshinchidan, portal orqali madaniyat va san’at vakillarini davlat mukofotlariga tavsiya etishda shaffoflikni ta’minlash, jumladan, “Reyting baholash” quyi tizimi orqali keng jamoatchilikning sharh va kommentlarini hisobga olish, ijodkorlar faoliyatini adolatli sarhisob qilish, umumiy baholarni avtomatik ravishda hisoblab borish reja qilingan.  Vazirlik yuqoridagi zarurat va ehtiyojlardan kelib chiqib yagona ochiq axborot tizimini yaratish tashabbusini ilgari suradi. Mazkur portalni ishlab chiqish xarajatlari esa ko‘p funksiyali va katta ma’lumotlar bazasini o‘zi ichiga qamrab oluvchi yangi tizimning murakkab texnik vazifalarini hisobga olgan holda belgilangan. 

 

Ommaviy axborot vositalari vakillari, keng jamoatchilikka mazkur portal haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatini yaratish uchun kelgusida vazirlik tomonidan brifing o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.  

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"