O'zbekiston

Mahalla — hududlar rivojlanishining asosiy bo‘g‘ini

Mahallabay tizimi o‘z samarasini beryapti

Mahalla — hududlar rivojlanishining asosiy bo‘g‘ini

 

Mahalla faqatgina yurtimizga xos bo‘lgan institut. Bu aholi bilan bevosita ishlashning eng samarali va anʼanaviy mexanizmidir. Zero, mavjud muammolar joyida tez va samarali hal qilinsa, insonlar farovonligi yaxshilanadi.  

 

Shuni inobatga olib, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga kambag‘allikni qisqartirishga eʼtibor qaratish, aholi hayotidagi muammolarni tizimli o‘rganish va o‘z vaqtida, to‘lig‘icha hal etishga xizmat qiluvchi «Mahallabay» ishlash tizimi joriy etildi.

 

Prezidentning 2021 yil 3 dekabrdagi farmoniga muvofiq, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etilgan edi.

 

«Mahallabay» ishlash tizimining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:

 

– aholida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga oid qiziqish va intilishlarini aniqlash va ularning mazkur faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratilgan o‘quv kurslarini tashkil etish;

 

– yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini amalga oshirishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatish orqali kambag‘allikni qisqartirish.

 

Jumladan, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha subsidiyalar ajratiladi;

 

– banklar mahallalardagi aholining tadbirkorlik intilishlarini ro‘yobga chiqarishda kreditlardan foydalanishlari uchun biznes-rejalarni ishlab chiqishda maslahatlar berish, zarur biznes axborotlarni berib borish;

 

– hududlarda aholi tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘ladigan shart-sharoitlarni yaratish, mavjud to‘siqlarni to‘lig‘icha bartaraf etish orqali aholining tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali daromadga ega bo‘lishlarini taʼminlash.

 

Misol uchun, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha subsidiyalar beriladi.

 

Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida 48 503 nafar fuqaroga jami 196,7 milliard so‘m subsidiya ajratildi. Shundan, 39 749 nafar xotin-qizlarga 163,7 milliard so‘m, shu jumladan, "Ayollar daftari"ga kiritilganlar 23 199 nafarga 110.7 milliard so‘m.  

 

Hududlardagi ahvolni mahalla ahli va faollaridan yaxshi hech kim bilmaydi. Binobarin, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish kabi eng dolzarb masalalar, birinchi navbatda, mahallalar yechilishi kerak.

 

Ko‘plab masalalar ortiqcha qog‘ozbozliksiz, yugur-yugurlarsiz mahalladan chiqmay turib hal bo‘ladigan bo‘ldi. Bir necha yillardan buyon yechimi topilmay kelayotgan muammolarga xonadonbay ishni tashkil etgan holda yordam berilmoqda.

 

Yana bir muhim jihatlardan biri – mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish orqali oilaviy sharoitlarni yaxshilashga erishildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mahalla — hududlar rivojlanishining asosiy bo‘g‘ini | Zamon.uz