Malayziya qora tutun bilan qoplandi
Indoneziyadagi yong‘in qo‘shnilarga ham zarar yetkazmoqda.

Malayziya hukumati Indoneziyadan havo ifloslanishi muammosini zudlik bilan hal qilishni talab qildi.
Malayziya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi bir kun avval Jakartaga maktub yo‘lladi. Qo‘shni davlatda sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli Kuala-Lumpurni quyuq tutun qoplagan.
So‘nggi bir necha kun ichida Malayziyadagi havo sifati sezilarli darajada yomonlashdi. Odamlar bosh og‘rig‘i va nafas olish qiyinligidan shikoyat qilmoqda. Shifokorlar aholini tashqarida himoya niqoblarini kiyishga chaqirdi.







