O'zbekiston

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdi

Rossiya gazini “revers” tarzda import qilish boshlanayotgani O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berilishiga start berdi.

 

Teleko‘prik tarzida o‘tgan marosimda davlat rahbari energetika sohasidagi uch tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadigan ushbu voqeaning tarixiy ahamiyatini qayd etdi.

 

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston va Rossiya yetakchilariga ushbu loyihaning ro‘yobga chiqarilishini shaxsan qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Gaz yetkazib berishni juda qisqa muddatda tashkil etish, magistral gaz quvuri qismlarini rekonstruksiya qilish, kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish va yangi “Beynov” gaz-o‘lchov stansiyasini qurish ishlarida ishtirok etgan mutaxassislarga alohida rahmat aytdi.

 

Rossiya gazini “revers” tarzda import qilish boshlanayotgani O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Ushbu loyiha mamlakat energetik xavfsizligini taʼminlash, “moviy yoqilg‘i”ni kafolatli yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilish yo‘lida oldinga tashlangan katta qadam, isteʼmoldagi mavsumiy nomutanosiblikni qoplash, aholini gaz va elektr energiyasi bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash uchun energiya resurslarining qo‘shimcha hajmlari demak.

 

Ushbu yirik loyihaning ro‘yobga chiqarilish va uning natijalari uch mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdi | Zamon.uz