Toshkentda 12 yoshli bola bedarak yo‘qoldi
U kecha tush vaqti uyidan chiqib ketgan va qaytib bormagan.

Toshkent shahrida bedarak yo‘qolgan 12 yoshli bola qidirilmoqda.
Unga ko‘ra, 2011-yilda tug‘ilgan Axramqulov Fozilbek ismli bola kecha, 6-oktabr kuni soat 12:30 larda uydan chiqib ketgan va shu paytgacha qaytmagan.
Ma’lumot uchun, bolaning egnida sariq kiyim va to‘q kulrang ishton, oyog‘ida esa qora krossovka bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab bola shahar yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan 131, 47, 62, 40, 58, 59, 144 raqamli avtobuslar bekatiga borgani kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.
Biroq undan so‘ng qayerga harakatlanganini ko‘rishning imkoni bo‘lmagan.
Hozirda bolaning aniq qayerga ketgani noma’lumligicha qolmoqda. Ichki ishlar organlari ma’lumotlariga ko‘ra, u Yangihayot tumani hududida bo‘lishi mumkin.







