O'zbekiston

“Videoni ko‘rib, qattiq taʼsirlandim”

Zoir Mirzayev televizorda eriga murojaat qilib, qizining to‘yida duo berishini so‘ragan ayolga to‘yona yubordi.

“Videoni ko‘rib, qattiq taʼsirlandim”

 

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ajrashib ketgan turmush o‘rtog‘idan qizining to‘yida ko‘rinish berib, duo qilishini so‘ragan ayolga to‘yona ulashdi.

 

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu video er-xotin o‘rtasidagi ajrimlar va oilaviy nizolarning oldini olish qanchalar muqaddas vazifa ekanligiga eʼtibor qaratadi. Bugun paxta hosilining yig‘im-terimi mavsumi avjida. Zamira opa ham shu insonlar qatorida O‘rta Chirchiq tumaniga kelib, terimda ishtirok etayotgan ekan. 

 

Videoni ko‘rib, sizning yuragingizdan qanday tug‘yonlar kechgan bo‘lsa, men ham shunday qattiq taʼsirlandim. Izlab ko‘rsak, O‘rta Chirchiqqa Surxondaryodan kelib, terimda faol qatnashayotgan Zamira opa Shaymanova ekan. 

 

Afsuski, Zamira opaning oilasi uch yil burun darz ketgan. Eri uydan chiqib ketgani bo‘yicha qaytmagan. Yilda bir-ikki marta qishloqqa kelib, ko‘chada o‘g‘illarini ko‘rib, qaytib ketar, bundan qizining dili qattiq og‘rir ekan. Yaqinda to‘y. Qizning ko‘zlari esa otasining yo‘liga mushtoq.

 

Umid qilamanki, bu voqea o‘sha insonga ham saboq bo‘ladi va oilasi bag‘riga qaytadi. Biz bu holatni nazoratga oldik, xotin-qizlar va oila institutlari orqali qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

 

Eng katta niyatim — er-xotin birgalikda qiz uzatib, elga to‘y berishganida biz ham xizmat qilib, uylarida mehmon bo‘lib, yoshlarga baxt tilashimiz nasib qilsin. Ishonamanki, xuddi shunday bo‘ladi, biz shunga harakat qilamiz.

 

Insonni qadrlash, unga hurmat-izzat ko‘rsatish, qiynalgan paytlarida yonida turib, yordam ko‘rsatish bugun davlat siyosatidir. Biz xalqimiz kutgan mana shu buyuk siyosatning oddiy bir ijrochisimiz, xolos", — deydi Toshkent viloyati hokimi.

 

Toshkent viloyati hokimining vakili sifatida Zamira opa bilan ko‘rishgan O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Qosimov to‘yona Surxondaryo viloyatigacha olib borib berilishini maʼlum qilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Videoni ko‘rib, qattiq taʼsirlandim” | Zamon.uz