Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi
Ushbu lavozimga ilk bor o‘zbekistonlik vakil tayinlanmoqda.

Xitoyning Tognlu shahrida Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari umumiy assambleyasi bo‘ldi.
Ovoz berish jarayonida Bahromjon Gaziyev BAA, Eron va mezbon Xitoy vakillaridan ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
Maʼlumot uchun: B.Gaziyev O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi hisoblanadi.







