O‘zbekiston TIV Afg‘onistondagi zilzila yuzasidan bayonot berdi
Vazirlik qurbonlarining oila aʼzolariga hamdardlik bildirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi zilzila yuzasidan bayonot eʼlon qildi.
Vazirlik ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib kelgan zilzila haqidagi xabar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilinganini bildirgan.
"Zilzila qurbonlarining oila aʼzolariga samimiy hamdardlik bildiramiz, afg‘on xalqining qayg‘usiga sherikmiz va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.
O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston va uning xalqi bilan bugungi og‘ir damlarda birgadir", deyiladi xabarda.







