Avstriyadagi aviafalokat oqibatida ikki o‘zbekistonlik jarohat oldi
O‘zbekiston elchixonasi jabrlangan vatandoshlar salomatligi haqida maʼlumot berdi.

O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, aviahalokatda jabrlangan vatandoshlar salomatligi xavf ostida emas.
Joriy yilning 4-oktabr kuni Avstriyaning Karintiya federal yeri Diks shahri yaqinida o‘quv samolyotida bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi falokatga uchradi.
O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, 21 yoshli K.N. va A.X. Sloveniyadagi Aviation Career Center aviamaktabining talabalari va hozirda Karintiya federal yeri klinikalarda davolanmoqda.
O‘zbekiston diplomatlari vatandoshlar bilan bog‘langan. Shifokorlarning xabar berishicha, K.N. va A.X.ga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.
Elchixona Karintiya huquq-tartibot idoralari vakillari, tibbiyot muassasalari maʼmuriyati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.







