Endi Qonunchilik palatasi saylovlari yangi tartibda o‘tkaziladi
Bu bo‘yicha Saylov kodeksiga o‘zgartirish kiritilmoqda.

Qonunchilik palatasi saylovini aralash saylov tizimi asosida o‘tkazish taklif etilmoqda. Bu haqda "O‘zA" xabar qildi.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga ko‘ra, Saylov kodeksiga Qonunchilik palatasi saylovini aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimi asosida o‘tkazish tartibini kiritish taklif etilmoqda.
Saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga ajratilmoqda. Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida, yaʼni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanishi belgilanmoqda.







