O‘zbekiston Oliy Majlisi Spikeri Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi
Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani qayd etilgan.

O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Turkiyaning «Adolat va taraqqiyot» partiyasining navbatdagi IV katta kongressida ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilovni qabul qildi.
Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik shaklida rivojlanib borayotgani, mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada jonlanib, muntazamlik kasb etib borayotgani qayd etildi.







