O'zbekiston

Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi kesib ketildi

O‘zbekistonda yil boshidan beri daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2427 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi kesib ketildi

 

Surxondaryo viloyatidagi “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida Qizil kitobga kiritilgan 611 tup noyob turdagi tojik kavragi noqonuniy kesib olingani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi. 

 

Boshqarma bunga o‘rmon xodimlarining o‘z ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashishi sabab bo‘lganini qayd etdi.

 

 

Holat yuzasidan birlamchi hujjatlar tayyorlanib, tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanmoqda, deyiladi xabarda.

 

O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylarida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2427 ta huquqbuzarlik aniqlangan. Xususan, Surxondaryo viloyati “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida iyul-sentyabr oylarida 11 550 tup tabiiy holda o‘suvchi tojik kavragi dorivor o‘simligi noqonuniy kesilib, tabiatga 5,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi kesib ketildi | Zamon.uz