O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlari ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident spotchilar faxrli beshinchi o‘rinni egallaganliklari O‘zbekiston sporti tarixida yana bir yorqin sahifa ochganini ta’kidlagan.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlari ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

 

"Hurmatli sportchi va murabbiylar! Qadrli farzandlarim!

 

Avvalo, Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritganingiz bilan siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

 

Sizlarning jonajon O‘zbekistonimiz sharafini himoya qilish yo‘lida keskin kurash olib borib, ulkan yutuqlarga erishganingiz, hech shubhasiz, barchamizni, ko‘p millatli xalqimizni cheksiz quvontirdi. 

 

Bepoyon qit’amiz miqyosida har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu nufuzli sport anjumanida yurtdoshlarimiz sizlarning har bir chiqishingizni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib bordi. Butun O‘zbekiston ahli sizlarni qo‘llab-quvvatlab, Yaratgandan omad va zafarlar tiladi!

 

Osiyo qit’asining 45 ta davlatidan 11 ming nafar sportchi ishtirok etgan bu musobaqalarda milliy terma jamoamiz a’zolari o‘zlarining beqiyos mahorati, g‘ayrat va matonatini, g‘alabaga bo‘lgan yuksak intilish va irodasini namoyon etib, 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritganlari har qanday tahsinga sazovordir.

 

Oltin medallar 31 nafar sportchimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ularning teng yarmi – qizlarimiz hissasiga to‘g‘ri kelganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlashni o‘rinli deb bilaman. 

 

132 nafar vakilimiz jami 71 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘tgan Osiyo o‘yinlariga nisbatan rekord natijani qayd etganlari ham barchamizni quvontiradi.

 

Ayniqsa, g‘ayrat-shijoatli o‘g‘il-qizlarimiz Xitoy Taypeyi, Bahrayn, Shimoliy Koreya, Gonkong, Eron, Indoneziya, Qozog‘iston, Qatar, Singapur, Malayziya, Vetnam, Kuvayt kabi sport sohasida rivojlangan davlatlarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin faxrli beshinchi o‘rinni egallaganliklari O‘zbekiston sporti tarixida yana bir yorqin sahifa ochdi, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 

 

Bo‘lib o‘tgan qizg‘in bellashuvlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Bahodir Jalolov, Jalgasbay Berdimuratov, Ulug‘bek Rashitov, Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalakov, Diyora Keldiyorova, Taxmina Ikromova, Sevinch Rahimova, Vilana Savadyan, Evelina Atalyans, Sharifa Davronova, Safina Sa’dullayeva, Muzaffar To‘raboyev, Olga Zabelinskaya, Shohmurod Xolmurodov, Nurislom To‘xtasin o‘g‘li, Umid Esonov, Artyom Shturbabin, Hilola Ortiqboyeva, Muhsin Hisomiddinov, Zaynab Dayibekova, Pliyego Lara Mariya Paola, Xerrera Lara Luiza Fernanda, Guliston Perdebayeva, Anna Prakaten, Shehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Davirjon Davronov, Alisher Turdiyev, Murodjon Yo‘ldoshev va boshqa sportchilarimizning nodir iste’dodi, mahorati va qobiliyatiga barcha sport muxlislari yana bir bor tan berdi.

 

O‘zbek qilichbozlik sportining iftixoriga aylangan Zaynab Dayibekova sablya jamoa dasturida Osiyo qit’asida tengsizligini, Anvar Klevleyev esa slalomda eshkak eshish bellashuvida aksariyat raqiblaridan kuchli ekanini amalda namoyon etdilar.

 

Ayni vaqtda navqiron farzandlarimiz kurash, dzyudo, boks, yengil atletika, badiiy gimnastika bo‘yicha tengsiz, taekvondo, velosport, og‘ir atletika, futbol musobaqalarida esa yetakchilar safida ekanlarini amalda isbotladilar.

 

Osiyo o‘yinlarida erishilgan bunday yutuqlar biz uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lib, sizlar shu tariqa milliy sport maktabimizning shon-shuhratini, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini jahonga namoyon etdingiz. 

 

O‘z navbatida 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan 33-olimpiya o‘yinlarida ham yuksak cho‘qqilarni zabt etishingizga ishonaman!

 

Hech shubhasiz, sizlarning yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, yuqori o‘rinlarni egallaganingiz mamlakatimizda sog‘lom va barkamol, vatanparvar yosh avlodni - Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini voyaga yetkazish, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning yana bir amaliy natijasi sifatida barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi, millionlab tengdoshlaringiz uchun o‘rnak va namuna bo‘lib xizmat qiladi. 

 

Fursatdan foydalanib, sizlar kabi salohiyatli, irodasi mustahkam, el-yurtga sadoqatli yoshlarni tarbiyalab kamolga yetkazgan mehribon ota-onalaringizga, sizlar bilan yonma-yon turib, yuksak cho‘qqilarni zabt etishingizga munosib hissa qo‘shgan mohir va jonkuyar ustoz-murabbiylaringizga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan chin dildan tashakkur izhor etaman.

 

Yirik xalqaro sport bellashuvi – Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan tarixiy natijalaringiz bilan sizlarni yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatingizda yangi-yangi zafarlar, oilalaringizga baxtu saodat tilayman", deyiladi prezident tabrigida.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlari ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi | Zamon.uz