O'zbekiston

Umraga ketayotganda salomatligi yomonlashgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berildi

Yurtdoshlarimiz vatanga qaytishi uchun amaliy yordamga, moddiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan.

Umraga ketayotganda salomatligi yomonlashgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berildi

 

Umra safariga ketayotgan chog‘ida salomatligi yomonlashgan O‘zbekiston fuqarolariga Bosh konsullik tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. 

 

“O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulligi xodimlari Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali ikki nafar keksa yoshdagi O‘zbekiston fuqarosi Umra safariga ketayotgan chog‘ida "Sharja" xalqaro aeroportining tranzit yo‘lovchilar hududida sog‘ligi yomonlashib qolgani va Sharja amirligining "Al Qosimiya" shifoxonasiga shoshilinch tarzda olib borilganligidan voqif bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarolari joriy yil 26-sentabr kuni Umra safarini bajarish uchun xususiy sayyohlik shirkatlaridan biri orqali "Namangan – Sharja – Madina – Sharja – Namangan" yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnoviga chipta olgan. Ularga shirkat tomonidan masʼul bo‘lgan vakil — “Ellikboshi” tomonidan lozim darajada eʼtibor ko‘rsatilmagan.

 

O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytishi uchun amaliy yordamga, moddiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan.

 

Bosh konsulxona xodimlari qiyin ahvolda qolgan keksa yoshdagi O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam berish va ularni vatanga qaytarish maqsadida "Al Qosimiya" shifoxonasi masʼullari hamda Sharja xalqaro aeroportining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari masʼul xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

 

 

Buning natijasida, O‘zbekiston fuqarolariga shifoxonaga to‘lanishi lozim bo‘lgan 4400 AQSH dollaridan voz kechish va Sharja –  Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bepul aviachipta bilan taʼminlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shu tariqa ular vatanga qaytarilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Umraga ketayotganda salomatligi yomonlashgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berildi | Zamon.uz