Xitoydan Toshkentga 1000 ta yangi avtobus olib kelindi
Natijada yo‘lovchi tashish hajmi 2 barobarga o‘sgan.

Toshkent shahri jamoat transporti uchun Xitoydan 1000 ta yangi avtobuslar olib kelindi. Bu haqda "O‘zA" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylarining jami 167 ta yo‘nalishlarga kunlik chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700 taga, qatnovlar hisobiga kunlik yo‘lovchilar soni 900-950 mingtaga yetkazildi va yo‘lovchi tashish hajmi 2 barobarga o‘sdi.







